DIAZOMETAN

DIAZOMETAN, CH, N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qo’lansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Molekulyar modda 42,043. Suyuqlanish temperaturasi — 145°, qaynash temperaturasi -23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaktsiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan o’zaro ta’siri natijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir bo’ladi. Diazometanni ilk bor 1894 yilda nemis olimi X. Pexman N nitrozometiluretanga ishqor ta’sir ettirib olgan. Karbon kislotalar va boshqa organik birikmalarni sintez qilishda, shuningdek, metillovchi modda sifatida qo’llaniladi.