DIALOG

DIALOG (Yunoncha dialogos — suhbat) — nutq turi; ikki yoki undan ortiq shaxsning bir-biriga qaratilgan nutqi. Dramada xarakterlar va voqealar rivojini ifodalashning asosiy vositasi; nasrda (ba’zan nazmda) badiiy ifoda usuli. Masalan, Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Xisrav bilan Farhod to’qnashuvini Dialog vositasida ta’sirli qilib tasvirlaydi. Dialog mustaqil publisistik va falsafiy janr hamdir (Platon Dialogi, Lukianning hajviy Dialoglari va boshqalar).