DIAMETR

DIAMETR (Yunoncha diametros — ko’ndalang o’lcham) — aylana va doiraning markazdan o’tuvchi (ya’ni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng bo’lgan bu vatar uzunligi ham Diametr deyiladi. Diametr tushunchasi boshqa figuralar uchun umumlashtiriladi. Masalan, r radiusli aylana yoki shar diametri 2G ga, ellips va ellipsoid diametri ularning katta o’qiga, kvadrat va kubniki diagonaliga teng bo’ladi. Analitik geometriyasa konus kesimi (ikkinchi tartibli chiziq) ning diametri biror yo’nalishga parallel vatarlar o’rtasidan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’ladi. Ellips va giperbolaning Diametri ularning markazidan o’tuvchi, parabolaning Diametri esa uning o’qi va o’qiga parallel boruvchi to’g’ri chiziqdan iborat.