DIVIZIYA
DIVIZIYA (lotincha divisio — bo’linish) — ko’pgina davlatlarning turli xildagi qurolli kuchlari va qo’shin turlarida asosiy taktik birlashma. Birinchi bo’lib Diviziya 17-asrda Frantsiyada, 18-asrning boshlarida Rossiyada paydo bo’ldi. Diviziya polklar (brigadalar) yoki batalonlar, shuningdek, turli qo’shin turlarining qism va bo’linmalaridan va maxsus qo’shinlaridan iborat. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qo’shinlarni Diviziyaga ajratish yo’q.