ELEKTR QARSHILIK
ELEKTR QARSHILIK — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi) ning elektr tokka ko’rsatadigan aks ta’sirini ifodalaydigan fizik kattalik; om larda o’lchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bog’liq; elektr energiyasi o’zgarmaydigan jarayondagi Elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydoniga uzatiladigan jarayonlardagi Elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.