ELEKTR HISOBLAGICH

ELEKTR HISOBLAGICH — ma’lum vaqt oralig’ida sarflangan elektr energiyasini hisoblaydigan elektr o’lchash asbobi. O’zgarmas tok va o’zgaruvchan tok Elektr hisoblagichlari bor. O’zgarmas tok zanjirida magnitoelektrik, ferrodinamik, elektrolitik va elektrodinamik sistemalar, o’zgaruvchan tok zanjirida induktsion (aktiv va reaktiv energiyani hisobga oladigan) Elektr hisoblagichlar ishlatiladi. Elektrolitik sistemadan boshqa hamma sistemalarda Elektr hisoblagich mikroelektr dvigateldan iborat bo’lgani uchun ular ko’pincha motorli Elektr hisoblagich deb ataladi. Elektr hisoblagichda tekshiriladigan zanjirga ketmaket va parallel ulanadigan tok hamda kuchlanish zanjirlari bo’ladi. O’lchash natijasi (kilovattsoat) disk o’qi bilan chervyakli uzatma orqali biriktirilgan hisoblash mexanizmidan olinadi. O’zgaruvchan tok Elektr hisoblagichlari xonadonlarda, yoritish tarmoqdarida, kommunal xo’jalikda, o’zgarmas tok Elektr hisoblagichlari yirik korxonalarda ishlatiladi.