ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR

ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR — elektromagnit maydonni hosil qiluvchi elektr va magnit maydonlarning o’zaro bog’langan takrorlanuvchan o’zgarishlari. Tebranish konturida hosil qilinadi. Tebranish konturidagi dastlab zaryadlangan kondensator qoplamalari induktivlik g’altagi orqali ulansa, konturda kondensator zaryadining va g’altakda tokning erkin tebranishlari yuzaga keladi.