ETNOLINGVISTIKA

ETNOLINGVISTIKA (etno… va lingvistika) — tilshunoslikning til va til egasi bo’lgan xalq orasidagi bog’liqdik hamda munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi ta’sirini o’rganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning o’zaro munosabati, bir-biriga ta’siri ikki tomonlama bo’ladi: etnik omillar (etnosning urfodatlari, milliy an’analari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar) ning til rivojiga ta’siri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy ta’siri. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qo’shganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, Sosiolingvistika, xaritashunoslik sohalari Etnolingvistika erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika, ayniqsa, yozuvga ega bo’lmagan xalqlarning etnografiyasini o’rganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bog’liq lisoniy materiallarni to’plash va tadqiq qilishda qo’l keladi. Ad.: Zvegintsev V.A., Etnolingvi — stika, v ego kn.: Istoriya yazshkovedeniya XIX—XX vv. v ocherkax i izvlecheniyax, t. 2, M., 1965; Etnicheskaya onomastika, M., 1971; Etnicheskayatoponimika, M., 1987.