ABDULLOH IBN ABBOS
ABDULLOH IBN ABBOS (619 yil, hozirgi Saudiya Arabistonidagi ashshib — 686, attoif, o’sha yerda) — Islom ta’limoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad (sav)ning amakivachchasi. musulmon rivoyatlariga ko’ra, Abdulloh ibn Abbos Rasululloh va sahobalarning qilgan ishlari, aytgan so’zlari haqidagi hikoyalarni to’plash (hadislar) maqsadidagi g’oyani ilk bor ilgari surgan. Abdulloh ibn Abbos nihoyatda ilmli bo’lganligi tufayli «xabr al-Umma» («Jamoa donishmandi») laqabiga sazovor bo’lgan. Abdulloh ibn Abbos Qur’onni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharhlovchi (huquqqa doir masalalar bo’yicha uning o’zi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad(sav) ning g’azotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur bo’lgan.