ABDULLOH IBN AZ-ZUBAYR

ABDULLOH IBN AZ-ZUBAYR (624- 692) — ilk Islom davridagi mashhur siyosiy arboblardan biri. 680 yil umaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviyaga qarshi chiqqan. 683 yil Yazid vafotidan so’ng Abdulloh ibn az-Zubayr Iroq, Janubiy Arabiston, Misr va Suriyaning katta qismida xalifa deb e’tirof etilgan. 687 yil Abdulloh ibn az-Zubayr qo’shini al-Muxtor boshchiligidagi isyonchi shialar ustidan g’alaba qozongan. Umaviylar hokimiyati mustahkamlangach, xalifa Abdulmalikning Haj-joj ibn Yusuf qo’mondonligi ostidagi qo’shini Abdulloh ibn az-Zubayr tarafdorlarini Makkai mukarramada qamal qilgan. Abdulloh ibn az-Zubayr jangda halok bo’lgan.