ABDULG’AFFORXON

ABDULG’AFFORXON (1890-1988) -pushtunlar mustaqillik harakatining rahbari. 1919 yil «Aljumani islohi al-Afg’oni» millatchilik tashkilotini, 1930 yil esa «pushtun Jirg’a» partiyasini boshqargan. Bu partiya Hindiston milliy Kongressi va «qizil ko’ylaklilar» otryadlari bilan bir qatorda turgan. 1947 yil boshqa pushtun millatchilari bilan birga pushtunlar yashaydigan tumanlarning o’zini-o’zi idora etishi va Pushtunistonni tuzish haqidagi millatchilik ruhidagi shiorlarni ilgari surgan. Pokiston barpo etilishi bilan hukumatga qarshi muxolifatda turib Xalq partiyasi (1948 yil barpo etilgan), so’ngra Pokiston Milliy xalq partiyasi tashkilotchilaridan va rahbarlaridan biri bo’lgan.