ABDURAZZOQOV ABDURAHMON
ABDURAZZOQOV ABDURAHMON (1952. 6.8, Bekobod) — O’zbekiston Qahramoni (2003). Mehnat faoliyatini 1969 yildan O’zbekiston metallurgiya zavodi ta’mirlash xo’jaligi tsexida oddiy ishchilikdan boshlagan. Marten tsexida po’lat quyuvchi (1970-77), 1977 yildan elektrda po’lat eritish tsexi operatori. Korxonada jahon talablariga mos keladigan po’lat eritish texnologiyasini joriy etishda mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash bo’yicha rasionalizatorlik takliflarini kiritgan, natajada tsexda har oyda 30 ming t o’rniga 40 ming tonnadan ortiq metall eritma olinishga erishildi. Abdurazzoqov o’z mehnat faoliyati davomida ko’plab shogirdlar yetishtirdi.