AYIMBETOVA GULXATSHA AYMANOVNA

AYIMBETOVA GULXATSHA AYMANOVNA (1961.24.12, Taxtako’pir tumani) — xonanda, Qoraqalpog’iston (1999) va O’zbekiston (2000) xalq artisti. J.Shomurotov nomidagi Nukus davlat san’at bilim yurtini tugatgan (1983). 1980-81 yillar Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat filarmoniyasi qoshidagi «Oyqulash» ansambli, 1981 yildan «Amu to’lqini» ansamblida xonanda. Jarangdor, keng diapazonli, mayin ovozga ega. Repertuaridan qoraqalpoq xalq qo’shiqlari («Musa sen yori», «Nozlining», «jaqsiraq», «ne bilsin» va boshqalar), qoraqalpoq kompozi-tor va bastakorlari asarlari («keng dala», «Ota makon» N.Muhammeddinov; «Vatan», «Ona tuprog’im», «O’zbekiston», Q.Xilalov va boshqalar) o’rin olgan. Ayimbetovaning aksariyat qo’shiqlari Qoraqalpoq radiosi fonotekasi va gramplastinkasi («Gulxatsha Ayimbetova kuylaydi», 1982 va boshqalar) ga yozib olingan.