AHMEDOV RUSTAM

AHMEDOV RUSTAM (1947.8.9, Nurota shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1972). 1971 yildan Nurota tumanidagi 7-, 2-maktablarda geografiya o’qituvchisi, 2-maktabda direktor o’rinbosari, 1998 yildan direktor, 2001 yildan geografiya o’qituvchisi.