BASESKU TRAYAN

BASESKU TRAYAN (1951.4.11, Konstantsa uezdining Bessarabi shahri) — Ruminiya davlat arbobi. Fuqarolik dengiz kemachiligi instituti (1976) va dengiz transporti akademiyasi (Norvegiya) (1995)ni tugatgan. 1976 yildan Ruminiya dengiz floti zobiti, 1981 yildan dengiz savdo kemasi kapitani, 1987 yildan Antverpen (Belgiya)dagi Ruminiya dengiz paroxodchiligining «Navrom» savdo agentligi boshlig’i, 1989 yildan Ruminiya transport vazirligida Fuqaro navigatsiyasi yo’riqchilar kengashi bosh direktori, 1990 yildan Ruminiya transport vazirligida dengiz transporti boshqarmasi boshlig’i, 1991-92 va 1996-2000 yillarda Ruminiya transport vaziri, 1992 yildan Ruminiya deputatlar palatasi (parlament) a’zosi, sanoat va xizmat ko’rsatish masalalari bo’yicha parlament komissiyasi raisi o’rinbosari, 2000 yil iyuldan Buxarest shahri merig 2004 yil 12 dekabrdan Ruminiya prezidenti. 2001 yil maydan Ruminiya demokratik partiyasi raisi, 2004 yil noyabrdan «Adolat va haqiqat» o’ng tsentristik Liberal-demokratik alyans hamraisi.