KRUSHEVSKIY SERGEY ALEKSANDROVICH

KRUSHEVSKIY SERGEY ALEKSANDROVICH (1976.19.5, Toshkent) — velopoygachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), «O’zbekiston iftixori» (2003). O’zbekiston (2002-2003) va Osiyo o’yinlari (2002, Pusan) chempioni. Bir qancha xalqaro musobaqalar g’olibi. Toshksntdagi Respublika Olimpiya zaxiralari bilim yurtini tugatgan (1995), Markaziy harbiy sport klubi harbiy xizmatchisi (1995 yildan).