MORONI

MORONI — Qamar orollari poytaxti, Ngazidja orolida, vulkan etagida joylashgan. Aholisi 25 ming kishidan ziyod. Dengiz porti. Avtomobil yo’llari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Prezident qarorgohi, hukumat va ma’muriy binolar joylashgan. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mavjud. Vanil, kakao, kopra bilan savdo qilinadi. Me’moriy binolardan masjidlar (minoralari bilan) Arab me’morligi uslubida qurilgan.