DOLGAN TILI
DOLGAN TILI — turkiy tillarning Sharqiy tarmog’iga mansub tillardan biri. Rossiya Federatsiyasida Taymir (Dolgan-Nenes) Muxtor okrugida, shuningdek, Saxa Respublikasida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 5 ming kishidan ortiqroq (1990-yillar o’rtalari). Dolgan tili aloqida rivojlanishi va evenk tilittg ta’siri ostida qayta qurilishi jarayonida mustaqil til sifatida Saxa tilitn ajralib chiqqan. O’z navbatida noril, pyasin, avam, xatang va Popigay shevalaridan tashkil topgan. Bir qancha fonetik, morfologik jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan, xususan, Saxa tilidan farq qiladi. Dolgan maktablariga moslashtirilgan Alifbe 1933 yilda Saxa tilida nashr etilgan. 1973 yilda Dolgan tilidagi birinchi kitob — Ogdo Aksyonovaning she’riy to’plami, 1984 yilda esa Dolgan tili alifbesi nashr qilinadi. Ba’zi olimlar (masalan, N.A.Baskakov) Dolgan tilini Saxa tilining bir lahjasi deb hieoblaydilar. Ad.: Baskakov N., Vvelenie p Izuchenie tyurkskix yazshkov. 2 izd., M. 1969.