DIFTONG

DIFTONG— bir bo’g’in hosil qiluvchi 2 fonetik unsur (unli) dan tashkil topgan murakkab unli; shu jihati bilan monoftongyaang farq qiladi, unsurlarning biri bevosita bo’g’in hosil qiladi, ikkinchisi esa unga ergashib keladi va bo’g’in hosil qiluvchi hisoblanmaydi. Pasayuvchi (birinchi unli bo’g’in hosil qiladi) va ko’tariluvchi (ikkinchi unli bo’g’in hosil qiladi) Diftonglar o’zaro farqlanadi. Diftong ko’pincha nemis, ingliz, ispan, frantsuz, Xitoy kabi tillarda uchraydi. Turkiy tillarda, xususan, o’zbek adabiy tilida bunday unlilar yo’q, faqat o’zbek tilining qipchoq lahjalarida (masalan, G’allaorol lahjasida) E. unlisining Diftonglashuvi kuzatiladi. Ad.: Rsshetov V.V., Shoabdurahmonov 111., O’zbek dialektologiyasi, T.. 1978; Reformatskiy A.A., Vvedenie v yaz1- kovedsnie, M., 1998.