KELER XORST
KELER XORST (1943.22.2, Polshaning Skirbignov shahri) — Germaniya davlat arbobi. Tyubingen universitetida iqtisodiy fanlarni o’rgangan. 1969 yildan amaliy iqtisodiy tadqiqotlar institutida ilmiy assistent, 1976 yildan GFR iqtisodiyot va moliya federal vazirligida ishlagan. Xristian-demokratik ittifoq a’zosi (1981 yildan). 1981 yildan Shlezvig-Golshtayp federal yeri bosh vaziri yordamchisi, 1982 yildan federal moliya vazirligida turli lavozimlarda, 1990 yildan feleral moliya vazirligining stats-kotibi, 1993 yildan Germaniya jamg’arma kassa va banklari prezidenti, 1998 yildan Yevropa rekonstruktsiya va taraqqiyot banki Prezidenti, 2000 yildan xalqaro valyuta fondining boshqaruvchi-direktori. 2004 yil 23 maydan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti.