MEYSEL LEONID GENRIXOVICH

MEYSEL LEONID GENRIXOVICH (1908. 28.9, Lepingrad — ?) — rejissyor, O’zbskistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). 1928-50 va 1954-64 yillar Novosibirsk, Gorkiy, Leningrad, Rostov, Krasnoyarsk, Chelyabinsk va boshqa teatrlarda ishlagan. 1950-52 yillar Muqimiy teatrida, 1952-54 yillar yosh tomoshabinlar teatrida, 1964 — 71 yillar Samarqand opera va balet teatrida bosh rejissyor. «Momaqaldiroq» (A.Ostrovskiy), «Pigmalion» (B.Shou), «Figaroning uylanishi» (V.Mosart) va b. spektakllarni, «Dilorom», «shoir qalbi» (M.Ashrafiy), «Maysaraning ishi» (S.Yudakov), «Chio-Chio-san» (J.Puchchini), «Trubadur» (J.Verdi) kabi operalarni sahnalashtirgan.