KLIP

KLIP (Fransuzcha — dumaloq, rolik) — texnogen san’atning badiiy (audiovizual) shakllaridan biri. Unda kino va musiqaning ifoda vositalari, shuningdek, axborot texnologiyalari mujassam bo’ladi. Klip 20-asrning 80-yillari (O’zbekistonda 90-yillar)da rivoj topib, hozirda o’z ta’sirchanligi, ommaviyligi tufayli jahon tomosha industriyasida muhim o’rin tutadi. Klipning asosiy 3 turi mavjud: musiqali, ijtimoiy mavzudagi va reklama Kliplari. Musiqali Klipda tasviriy qatlam, obrazlar tizimi, syujet rivoji va montaj, ritm kabi unsurlar vosigasida ma’lum musiqa asari badiiy talqin etiladi. Dastlab musiqali Kliplarda tasviriy qatlam qo’shiqqa nisbatan illyustratsiya vazifasini o’gagan, ko’p hollarda xonandaning o’zi Klip qahramoni sifatida gavdalangan («Shahzod», «bayram» guruhlarining Kliplari va boshqalar). Keyinchalik Kliplarda mashhur («o’tgan kunlar» kabi) kinofilmlardan iqtibos olish (masalan, «nola» va boshqa guruhlar Kliplari), kompyuter grafikasi, virtual animatsiyaning maxsus effektlaridan foydalanish keng qo’llangan. Kliplarni yaratish sohasida B.Yo’ldoshev, U.Hamroev, F.Davlstshin, S.Abdullayev, J.Fayziyev, R.Sag’diyev va boshqa rejissyor hamda klipmeyker tanilgan; «Alex», «Bayram», «Beshyog’och» kabi maxsus studiya va prolyuser markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Klip madaniyatini ommaviylashuvi televileniyeda ularni tarqatuvchi maxsus kanallarni vujudga keltirdi («MTU». «Muztv». «Mimk Ox», Toshkentda «TV Markaz» va 30-kanallar va boshqalar). Nigora Karimova.