MATVIYEVSKAYA GALINA PANLOVNA
MATVIYEVSKAYA GALINA PANLOVNA (1930.13.7, Dnepropetrovsk) — Matematik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), fizika-matematika fanlari doktori (1968), Leningrad universitetini tugatgan (1954). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Romanovskiy nomidagi matematika institutida katta ilmiy xodim (1959 yildan). 2001 yildan Orenburg pedagogika universitetida kafedra mudiri. Ilmiy ishlari asosan yaqin va O’rta Sharqdagi o’rta asr fanlari tarixiga bag’ishlangan. Matviyevskaya o’z asarlarida yaqin va O’rta Sharq, jumladan, O’rta Osiyo olimlarining Yevropada matematikaning rivojlanishi va hozirgi zamon matematikasining vujudga kelishidagi rolini aniqlab berdi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). As: K istorii matsmatiki Sredniy Azii IX—XV vskov, T., 1962; Uchsiie o chisle na sredisvekovom Blijmsm i Srsdnem Vostoks, T., 1967; Razvitis ucheiiya o chisle v Evrope do XVII v» T» 1971.