NURILLAYEV BAXTIYOR AVAZOVICH

NURILLAYEV BAXTIYOR AVAZOVICH (1975.20.1, Nukus) — og’ir atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), «O’zbskiston iftixori» (2003). 85 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston chempioni (1995, 1996, 1998-2003), Osiyo o’yinlari bronza (1998, Bangkok; 2002, Pusan) va talabalar o’rtasida jahon chempionati kumush (2002, Izmir) medallari sovrindori. Nurillayev Qoraqalpoq universitetini tugatgan (2004), Taxiatosh bolalar va o’smirlar sport maktabida murabbiy (1994 yildan).