PAPADOPULOS TASSOS

PAPADOPULOS TASSOS (1934.7.1, Nikosiya) — Kipr davlat arbobi. Londonda yurisprudentsiyani o’rgangan. 1972-76 yillarda jamoalararo muzokaralarda grek-Kipr tomoni vakilining maslahatchisi, 1976-78 yillarda vakili. 1976 yil apr. — mayda Kipr parlamenti raisi. Keyinchalik 12 yil davomida navbatma-navbat Kipr ichki ishlar, moliya, mehnat va ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jalik va tabiat resurslari vaziri. 1970, 1976, 1991, 1996 yillarda Kipr parlamenti deputatligiga saylangan. 2000 yildan Kipr demokratik partiyasi boshlig’i, 2003 yil 28 Fevraldan Kipr Respublikasi prezidenti.