OYOQOG’ITMA BOTIG’I

OYOQOG’ITMA BOTIG’I — Qizilqumdagi botiq. Quljuqtovning Janub etagi bilan Zarafshon daryosi vodiysi orasida. Yuqori bo’r va paleogen davrlarining qumtosh va gillaridan tuzilgan. Nisbiy chuqurligi 130 metrdan ortiq. Janubi-sharqdan shimoli-g’arbga tomon 38 kilometr masofaga cho’zilgan. Oyoqog’itma botig’ining tubi yassi, eol qumlari, taqirlar va sho’rxoklar bilan qoplangan. Botiqning tsktoiik eriqlaridan mezozoy va Kaynozoy yotqiziqlarining qatlamlaridan yer osti sho’r suvlari chiqib turadi. Bu suvlarning buglanishi natijasida sho’rxoklar vujudga kelgan. Chuchuk yer osti suvlari ham mavjud. Bogiq hududida Oyoqottma ko’li joylashgan. Oyoqog’itma botig’ida burgan, qo’ngirbosh, rang, saksovul, sho’rxoklarda sarsazan, qora-baroq, yulg’un o’sadi. Artezian suvlari hisobiga kichik maydonlarda dehqonchilik qilinadi.