PONTOPPIDAN XENRIK

PONTOPPIDAN XENRIK (1857.24.7, Frederitsiya — 1943.21.8, Kopengagen) — daniyalik yozuvchi. Kopengagen politexnika institutini tugatgan (1874-77). Taniqli tarixchi va munaqqid Georg Brandesdan ko’p narsa o’rgangan va uni eng yaxshi romani — «jannatmonand yer» (1891 — 95) dagi bosh qahramon prototipi qilib olgan. 1881 yil «Hayot tugadi» hikoyasi haftanomada, «Qirqilgan qanotlar» novellalar to’plami esa alohida kitob holida chiqqan. Keyinroq «qishloq hayoti manzaralari» (1883), «kulbalar ichida» (1887) hikoyalar to’plamlarini e’lon qilgan. Yozuvchining keyingi yirik asari — 8 jildli «omadli Per» 1898 — 1904 yillarda nashr etilgan. Pontoppidanning 5 jildli so’nggi romani «o’liklar saltanati» (1912— 16)da bosh qahramon yo’q, unda personajlar ko’p, keng ijtimoiy panorama tasvirlangan, asar markazida turgan radikal siyosatchi uyqudagi xalqni uyg’otishga uringan. «O’zlikka olib keladigan yo’lda» (1943) avtobiografik ocherklar to’plami ham bor. Nobel mukofoti laureati (1977).