REZAKSOY SUV OMBORI
REZAKSOY SUV OMBORI — Qurama tog’ tizmalaridan oqib tushadigan Rezaksoy daryosida qurilayotgan gidrotexnika inshooti. Namangan viloyatidagi Chust shahridan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloq xo’jalik ekinlarini suv bilan ta’minlash maq-sadlariga xizmat qiladi. Suv ombori qurilishi 2003 yilda boshlangan (qurilish davom etmoqda, 2005). O’zanli tipda. Rezaksoy suvini mavsumiy tartibga soladi. Loyihaga ko’ra to’g’oni uzunligi 3200 metr, balandligi 80 metr, to’liq sig’imi 200 million metr kub. Rezaksoy suv ombori tarkibida tosh-tuproqli to’g’on, Sirdaryoga va shimol Farg’ona kanaliga 40 metr kub/sekunddan suv berish imkoniyatiga ega bo’lgan 2 inshoot hamda suv tashlama inshootlar bor. Suvi Namangan viloyati erlarini sug’orishda foydalaniladi.