SARMINJON
SARMINJON, Jarminkon, Charmangon — o’rta asrlarda Termiz viloyatidagi yirik shahar. Termizdan Sag’oniyonga borish yo’lida (bir manzil masofada) joylashgan. 12-asrda u Termiz viloyatidagi alohida nohiya markazi bo’lib, Balx viloyati nohiyalari bilan chegaradosh bo’lgan. «Hudud ul-olam» ga ko’ra, 10-asrda Charmangon atrofida ko’plab ekinzorlar va oqar suvlar bo’lgan. 10-asrda Sarminjon chiroyli shahar bo’lib, unda Abul Hasan ibn Hasan Moh degan kishiga tegishli ajoyib rabot qurilgan. Bu rabot katta daromad keltirgan va unda har kuni kambag’allarga xayriya qilingan. Sarminjon Jarqo’rg’onjan 4-5 kilometr Janubi- g’arbda joylashgan. Minor qishlog’i yaqinidagi Kultepa o’rnida bo’lganligi taxmin etiladi. O’rta asrlarda bu yerda katta shahar mavjud bo’lgan, hozirgi atigi 2,5 gektar maydongina qolgan. Saljuqiylar davrida 1108/9 yilda qurilgan minora saqlangan. Uning janubda 20-asr boshida eski masjid xarobalari qadimgi ko’tarib turgan; bu yerda yana atrofi pishiq g’ishtdan ishlangan hovuzlar va boshqa inshootlar joylashgan. Ad.: Kamaliddinov Sh.S., Ietoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnsh istochnikam IX— nachala XIII vv., T., 1996. Shamsiddin Kamoliddinov.