TABASKO

TABASKO — Meksikaning Janubi Sharqiy qismidagi shtat, Meksika qo’ltig’i sohilida. Maydoni 24,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,89 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Vilyaermosa. Relefi tekislik, hududining katta qismi botqoqlashgan. Iqlimi tropik, issiq (o’rtacha oylik tralar 23-27°) va sernam (yillik yog’in 2000-5000 metr). Suv toshqinlari xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Iqtisodiyoti neftgaz sanoati va plantasiya xo’jaligiga ixtisoslashgan. Sholi, kakao ekiladi, mevachilik rivojlangan. Temir yo’l va shosse yo’llari Tabaskoni mamlakatning boshqa hududlari bilan bog’laydi.