TAMPIKO

TAMPIKO — Meksikaning Sharqiy qismidagi shahar. Tamaulipas shtatida, Panuko daryosining quyilish yerida joylashgan. Meksika qo’ltig’i sohilidagi port. Mamlakatning yirik neft qazib olinadigan va qayta ishlanadigan rni markazi. Kimyo, oziq-ovqat sanoatlari va qishloq xo’jaligi. mashinasozligi korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Tampikodan Mexiko va Reynosa shaharlariga gazeta, shuningdek, Tuspan va Posarika sh.lariga neft kuvurlari o’tkazilgan. Tampikoga mustamlakachilar kelgunga qadar asos solingan. 1683 yilda qaroqchilar tomonidan vayron qilinib, 1823 yilda qayta tiklangan.