TANAKO’ZI

TANAKO’ZI — xo’raki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha, besh bo’lmali, orqasi siyrak tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (bo’yi 18-22 santimetr, eni 6-9 santimetr), tsilindrsimon, o’rtacha tig’iz, g’ujumi yirik, dumaloq. Iyulda pishadi. Tarkibida o’rtacha 20% qand, 5% kislota bor. Hosildorligi 110-150 tsentner/gektar. O’zbekistonning ko’pgina viloyatlarida tomorqa bog’larda o’stiriladi.