TARZ

TARZ, fasad — me’morlikda bino, inshootning tashqi (old, orqa, yon hovli, bog’, ko’cha) tomondan umumiy ko’rinishi. Bosh, yon, orqa Tarz shakli, nisbati, qismlari bino, inshootning qanday maqsadga xizmat qilishiga, atrofdagi muhit, bino, ansamblga muvofiq bo’lishiga, qurilma xususiyatlariga qarab belgilanadi.