TARIEKAN

TARIEKAN — o’rta asrlarga oid kumush koni. Iloq davlatiga qarashli bo’lgan. Qurama tog’tizmasining Tariekan qismining shimol yon bag’rida joylashgan. 120 ta kam mahsulli, siyrak shaxtalardan iborat bo’lgan. Tariekan atrofidan 11 —12-asrlarga oid sirli sopollar topilgan.