TEKE

TEKE (bateke, o’zlarini tio deb atashadi) — bantu guruhiga mansub xalq. Kongo Demokratik Respublikasida (1050 ming kishi, 1990 yillar o’rtalari), Kongo (410 ming kishi) va Gabon (20 mingga yaqin kishi)da yashaydi. Dindorlari — asosan, katoliklar, an’anaviy e’tiqodlar ham saqlangan.