TEMBR

TEMBR (Fransuzcha timbre) — tovush sifati, Tusi, «bo’yog’i»; musiqiy tovushning xususiy belgilaridan biri. Tembr tufayli bir balandlik va bir xil dinamikadagi tovushlarni farqlash mumkin. Tembr sadolanuvchi jismining materiali, tovush hosil qilish usuli, tebranish xususiyatlari, tovush yuzaga keluvchi va tarqaluvchi muhit va boshqalarga bog’liq bo’lib, obertonlarning soni va jadalligi bilan aniqlanadi. Nutqda Tembr orqali unli tovushlar ajratiladi. Nutq intonatsiyasida Tembr yordamida turli hissiyotlar (hursandchilik, g’amginlik, norozilik, qo’rquv kabi) o’z ifodasini topadi.