ELEKTRON AVTOMAT TELEFON STANTSIYASI

ELEKTRON AVTOMAT TELEFON STANTSIYASI (EATS) — telefon aloqasi liniyalari va kanallarini kommutasiyalash (uzibulash) va shu kommutatsiya jarayonlarini boshqarish ishlari elektron elementlar (yarimo’tkazgichlar, integral sxemalar, ferritlar va boshqalar) ga asoslangan qurilmalar vositaeida amalga oshiriladigan avtomat telefon stansiyasi. EATS kommutasiya qurilmalarini hosil qilish printsiplari, asosan, kanallarni ajratish usullariga qarab belgilanadi. Bu usullar: kanallarni fazoviy, chastotaviy va vaqt bo’yicha ajratish usullari. Kanallar va liniyalarni fazoviy va vaqt bo’yicha kommutasiyalash usulidan foydalaniladigan stansiyalar kengroq qo’llaniladi (20-asr 70-yillaridan boshlab). Fazoviy kommutatsiya usuli yarimo’tkazgichli fazoviy ulagichlardan foydalanishga asoslanadi. Bu usul kichik va o’rtacha sig’imli EATS larda qo’llanadi. Vaqt bo’yicha kommutatsiyalash usulida elektron kommutatorlar yordamida har bir kanalning impuls signallari muayyan vaktlarda uzatiladi. Bunday EATS larda tebranishlarni impulsli modulyasiyalash usuli qo’llanadi. Kichik va o’rtacha kuvvatli EATS larda amplitudaimpulsli va keng impulsli modulyasiyalash, katta va o’rtacha quvvatli tranzit EATS larda impulskodli modulyasiyalash (IKM) qo’llanadi. Ana shu IKM dan foydalanish tufayli signallarni uzatish va kommutasiyalash jarayonlarini uyg’unlashtirish (integrasiyalash)ga hamda shu asosda integral raqamli aloqa tizimini yaratishga imkon tug’ildi. Ko’p karrali mitti (miniatyur) koordinatali uzatkichlarga asoslangan elektronmexanik avtomat stansiyalar va kommutatsiya maydoni tez ishlovchi elektromagnit asboblar, boshqarish qurilmasi esa elektron asboblarga asoslangan kvazielektron ATS lar ham EATS jumlasiga kiradi.