ELEKTROFON
ELEKTROFON (elektro… va … fon) — grammofon plastinkasidan tovush (musiqa, nutq)ni qayta eshittirish uchun mo’ljallangan elektr qurilma. Grammofondan farqi shuki, birinchidan, uning plastinka qo’yiladigan diskini elektr dvigatel aylantiradi, ikkinchidan, Elektrofonda plastinkadan tovush ko’chiradigan moslama (adapter) ignasining mexanik tebranishlari elektr tebranishlariga aylanadi. Tovush chastotali kuchaytirgich elektr tebranishlarini kuchaytiradi, elektr akustik tizimi (bir yoki bir necha radiokarnay) ularni tovushga aylantiradi. Elektrofon tovush mono…, Stereo… va kvadrofonik (tovush 4 kanalli usulda yozib olingan, tovushni qayta eshittirishda 2 karnay eshituvchining oldiga, 2 karnay orqasiga qo’yiladi) usullarda yozib olingan gramplastinkadan qayta eshittirish uchun mo’ljallab ishlab chiqariladi.