ENGELS CHO’QQISI

ENGELS CHO’QQISI — Pomirning Shoxdara tizmasidagi tog’cho’qqisi. Balandligi 6510 metr. Arxey davri gneys va kristalli slaneslardan tashkil topgan. Cho’qqi atrofi hududida, Shoxdara tizmasining shimol va Janub yon bag’irlarida muzliklar bor. Cho’qqining shimol etagida Naspar muzligi (5,1 kilometr kvadrat), Janub etagida Kishtijarob muzligi (8,3 kilometr kvadrat) joylash janub yon bag’irlarida qoya va cho’qqilar bor. Cho’qqiga 1954 yilda alpinistlar chiqishgan.