ENKEBAKLUND KOMETASI
ENKEBAKLUND KOMETASI Quyosh atrofida aylanish davriga ega bo’lgan davriy kometa. 1786 yilda frantsuz astronomi A. Meshen kashf qilgan. 1818 yilda frantsuz astronomi J. Pons uning davriyligini topgan. Nemis astronomi I. Enke kometaning Quyosh atrofida aylanish davri juda qisqa (taxminan 3,3 yil) ekanligini va o’zgaruvchanligini aniqlagan. Rus astronomlari O.A. Baklund, S.G.Makover va boshqalarning keyingi tadqiqotlari kometaning tezlanishi 1819-68 yillarda eng katta bo’lganligini, keyinchalik (ba’zi o’zgarishlar bilan) uning kamayganligini ko’rsatgan. Kometaning ravshanligi yuz yilda taxminan 1,0—1,5 yulduz kattaligida kamayadi.