ENTOMOFILIYA
ENTOMOFILIYA (Yunoncha — hasharot va …filiya) — o’simliklarning hasharotlar yordamida chetdan changlanishi. Entomofil o’simliklar gullari yirik va rangli bo’lishi, hid tarqatishi, nektar ajratishi bilan hasharotlarni jalb qiladi. Gul changlari yirik, g’adir-budur va yopishgan bo’lganidan hasharot tanasidagi tuklarga ilashib, boshqa gullarning urug’chisi tumshuqchasiga kelib tushadi. Bir qancha o’simliklar guli faqat muayyan tur hasharot orqali changlanishga moslashgan.