EPISIKL

EPISIKL (epi… va Yunoncha — aylana) — Ptolemeyning geosentrik sistemasidagi yordamchi aylana. Episikl sayyoralarning teskari harakatini tushuntirish maqsadida kiritilgan. Sayyora Episikl bo’ylab tekis harakatlanadi, Episiklning markazi esa Yer atrofida deferent (markazi er deb olingan aylana) bo’ylab harakatlanadi, deb hisoblangan. Ptolemey sistemasi olam tuzilishini haqiqiy aks ettira olmagani uchun vaqt o’tishi bilan sayyoralar harakatini Episikl orqali tushuntirib bo’lmay qolgan.