ESXATOLOGIYA

ESXATOLOGIYA (Yunoncha — so’nggi va … logiya) — olam va insoniyatning so’nggi taqdiri, oxirat haqidagi diniy ta’limot. Dunyoning paydo bo’lishi va halokati, tabiatdagi kuchlarning yashirin kurashi haqidagi qadimiy tasavvurlardan kelib chiqqan. Esxatologiya g’oyalari xristianlik va iudaizmda keng rivojlangan. Islomda esxatologik ta’limot qiyomat tushunchasida ilgari surilgan.