ETILEN
ETILEN, Eten, S2N4 — eng oddiy to’yinmagan uglevodorod, olefinlar gomologik qatorining boshlang’ich a’zosi; kuchsiz hidli, rangsiz, zaharli, yonuvchan gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 169,5°, qaynash temperaturasi 103,8°; zichligi 566 kilogramm/metr kub. Etilen birikish reaktsiyalariga juda shiddatli kirishadi. Etilen — organik birikmalarni sintezlashda muhim boshlang’ich mahsulotlardan biri. Etilenni polimerlash asosida sanoatda polietilen olinadi. Etil spirti, etilenglikol, etilenoksid, etilenpropilen kauchuklar va boshqalar olishda qo’llanadi. Tibbiyotda jarrohlik operasiyalarida umumiy narkoz sifatida ham ishlatiladi. Neftni qayta ishlash orqali va tabiiy gazdan ko’p miqdorda arzon Etilen olinadi.