ESTONLAR
ESTONLAR (o’zlarini eestlased deb atashadi) — xalq. Estoniyaning asosiy aholisi (963 ming kishi); Rossiya Federatsiyasida 46,4 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, AQSh, Kanada, Shvesiya va Avstraliyada ham yashaydilar. Umumiy soni taxminan 1,1 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Eston tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, pravoslavlar ham bor. Asosiy mashg’ulotlari — dehqonchilik, chorvachilik, dengiz sohilida yashaydiganlarniki — baliq ovlash. Shuningdek, Estonlarning salmoqli qismi sanoatda band.