ELEKTROTEXNIKA PO’LATI

ELEKTROTEXNIKA PO’LATI — magnit jihatdan yumshoq yupqa list po’lat. Elektrotexnika jihozlari (transformator, generator va boshqalar) ning magnit o’tkazgichi (o’zagi) ni yasash uchun ishlatiladi. Magnit xossasi darajasiga qarab, po’latga har xil miqdorda kremniy qo’shib legirlanadi. Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab, sovuqlayin prokatlanadi (izotropli yoki anizotropli; 3,3% gacha §1) yoki qizdirib prokatlanadi (izotropli; 4,5% gacha 81); legirlovchi qo’shilmalar sifatida 0,5% gacha 81 qo’shish mumkin. Elektrotexnika po’lati list (rulon) va 0,05 — 1 millimetr qalinliqsagi ensiz lenta ko’rinishda ishlab chiqariladi. U elektromagnit xossasi (koersitiv kuch, magnit induktsiyasi va boshqalar) bilan, magnit xossalarining izotopligi, geometrik o’lchamlari, sifati va boshqalar bilan ifodalanadi.