ELBERTA

ELBERTA — o’rtapishar xo’raki shaftoli navi. AQShda yaratilgan. Xitoy Chaynez King shaftoli navi urug’ ko’chatini sariq etli shaftoli (Krauford chillakisi) navi bilan changlantirib chiqarilgan, deb taxmin qilinadi. Dog’iston, Ukraina, Qozog’iston, Gruziya, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikistonda ekiladi. Tupi kuchli o’sadi, daraxtining bo’yi baland, shoxshabbasi o’rtacha, sharsimon. Gullari mayda, ikki jinsli, qizg’ishpushti rang. Mevasi vazni o’rtacha 140— 150 gramm (350-400 grammgacha), dumaloq ovalsimon, po’sti qalin, tuki kam, etidan oson archiladi, eti sariq, mazasi nordon-shirin, sersuv, tarkibidagi qand miqdori 12-13%, nordonligi 0,75%. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. Tashishga chidamli. 1959 yilda O’zbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.