TABIIY BIRLIKLAR TIZIMI
TABIIY BIRLIKLAR TIZIMI — asosiy birliklar qilib fundamental fizik doimiylar (masalan, gravitatsion doimiy S, yorug’likning vakuumdagi tezligi s, Bol’sman doimiysi k va Plank doimiysi h, Avogadro soni NA, electron zaryadi e, elektronning tinchlikdagi massasi te va boshqalar) qabul qilingan birliklar tizimi. Tabiiy birliklar tizimini birinchi bo’lib M. Plank taklif etgan (1906). Tabiiy birliklar tizimidagi asosiy birliklarning o’lchami tabiat hodisalariga asoslanib aniqlanadi; bu xususiyati bilan u boshqa birliklar tizimidan butunlay farq qiladi. Tabiiy birliklar tizimida uzunlik, massa va vaqt birliklari o’ta kichik qiymatga (masalan, Plank tizimida 4,031035 metrga; 5,42108 kilogrammga; 1,3410″43 s ga mos) va, aksincha, temperatura juda yuqori qiymatga ega (3,631032 S). Shuning uchun Tabiiy birliklar tizimini amalda qo’llash noqulaydir. Biroq Tabiiy birliklar tizimini qo’llash ko’pincha nazariy fizika tenglamalarini soddalashtirib yozishga imkon beradi.