TUBA
TUBA (lotincha tuba — kuvur) — 1) dastlab qadimgi Rim musiqa sozi, truba. Harbiy va diniy marosimlarda keng qo’llanilgan. Olimlar fikriga ko’ra, Ossuriya, qad. Misr so’zlaridan kelib chiqqan; 2) hozirda eng yo’g’on tovushli (past registrli) mis puflama musiqa cholg’u asbobi. Qayrilgan tsilindr va konussimon trubalardan yasalgan, mundshtuk, ventil mexanizmi bilan jihozlangan. 1835 yilda Moris Tuba va Vinrext nemis ustalari tomonidan kashf etilgan. Diapazoni A, (lya kontroktava) — as1 (birinchi oktava lya bemol) yoki E, (mi kontroktava) — f (birinchi oktava Fanlar Akademiyasi). Tovushi juda kuchli va to’la. Ayni paytda, sekin chalganda yumshoq tembrga ega. O’zbekistonda Tuba ijrochiligida T. Fozilov, J. Saburovlar tanilgan.