TUBUAI
TUBUAI, Ostral orollari — tinch okeandagi orollar guruhi, 5 ta oroldan iborat. Frantsiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 174 kilometr kvadrat. Orollarning ko’pchiligi vulkan orollari, eng baland joyi 435 metr. Mariya — marjon oroli. Iqlimi tropik, passatli iklim. Kokos palmasi, banan plantasiyalari bor. Yevropadan sabzavot keltirib ekiladi. Orolni 1777 yilda ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ilk bor yevropaliklarga ma’lum qilgan.